1. Geografik xarita nima va u qanday turlarga boʻlinadi? 2. Relyef xaritalarida nimalar tasvirlanadi?
3. Iqlim xaritalarida nimalar aks ettiriladi?
4. Quyidagi jadvalda berilgan ta'riflarga «ha» yoki
«yoʻq» deb javob bering va javoblaringizni asoslang:
«Ha» «Yo'q»
Ta'rif
Globusda Janubiy qutb doim yuqori tomonda, Shimoliy qutb
esa past tomonda ko'rsatiladi.
Tabiiy geografik xaritalarga relyef xaritasi, tuproqlar
xaritasini misol qilish mumkin.
Mavzuli xaritalarda ma'lum mavzuga oid geografik narsa
(predmet) va hodisalar tasvirlangan boʻladi.
Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning harakati, siljishi
nuqtalar bilan tasvirlanadi.
Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xarita-
ning oʻziga xos tili hisoblangan konturlardan foydalaniladi.