1-mashq. Gaplarni oʻqing. Kerakli oʻrinlarga tire qo‘yib ko'chiring. 1. Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch Ularga iltifot va ikromda boʻl... Shunday yo'l tutginki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va olimlar koʻpaysin. (U. Gʻoziy) 2. Naf'ing agar xalqqa beshakdurur, bilki, bu naf oʻzingga koʻprakdurur. (A.Navoiy) 3. Faqat oʻz shaxsiy manfaati haqida qayg'urib, burchni unutmoqlik o'taketgan pastkashlik. (Syun-Szi) 4. Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo'qligini oʻylash kerak. (Lixtenberg) 5. Inson zotiga mansub odamlar bir- birlariga oʻxshamaydilar. Ularning oʻxshash tomoni bitta. U ham boʻlsa, barchaning pirovard maqsadi mukammallik (Fixte)